Ayrim dorilar asl narxidan 6 barobar qimmat sotilgani aniqlandi
Raqobat qoʻmitasi oʻtkazgan «sirli mijoz» tadbirlarini oʻtkazdi. Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan belgilangan tartibda koʻrsatmalar berildi.

Raqobat qoʻmitasi oʻtkazgan «sirli mijoz» tadbirlari davomida ayrim dori vositalari uchun belgilangan narxlarga rioya etilmagani aniqlandi.
«SHUNQORLAR» MChJga qarashli dorixonada «POLIMIK® blisterы №10(1x10)» dori vositasining sotish uchun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 soʻm boʻlsa-da, 70 ming soʻmdan taklif qilingan. «KONVULEKS® Kapli dlya priyema vnutr 300mg/ml» esa 66 481 soʻm oʻrniga 395 ming soʻmdan sotish uchun taklif etilgan.
«MUNO FARM» MChJga qarashli Qoraqamish 2/5 mavzesidagi dorixonada «STIMULOTON Tabletki pokrыtыe obolochkoy 50mg blisterы №30(3x10)» 50 666,17 soʻm oʻrniga 295 ming soʻmdan taklif qilingan.
«CITY FARM» MChJ dorixonalarida «BAKTAMED 3.5ml ampulы» 18 849,43 soʻm oʻrniga 63 ming soʻmdan sotilgan. «NO-ShPA® 40 mg/2 ml ampulы №25» ham belgilangan narxdan yuqoriga sotilgan.
«HOSIL FARM» MChJ dorixonasida «Lantus® SOLOSTAR® 100 YeD/ml 3ml №5(1x5)» dori vositasining ruxsat etilgan 20 foiz ustama qoʻyilgan narxi 115 173,3 soʻm boʻlgan. Biroq preparat 80 foiz ustama bilan 190 ming soʻmga sotilgan.
Shu dorixonada «SLIDERON Tabletki 16 blisterы №20(2x10)» 115 677,1 soʻm oʻrniga 349 ming soʻmdan sotilgan.
«AMIR FARM TRADE» MChJ dorixonasida «BAKTAMED 0,5% 3.5ml ampulы» uchun 20 foiz oʻrniga 100 foiz ustama qoʻyilib, 32 ming soʻm narx belgilangan.
«FERUZA NUR MED» MChJga qarashli dorixonada «POLIMIK® blisterы №10(1x10)» 12 837,18 soʻm oʻrniga 62 ming soʻmdan sotilgan.
«LEADER PHARMGROUP» XK, «PHARM S GOLDEN» MChJ va «RUSLAN BUYUK FARM» MChJga qarashli dorixonalarda ham «NO-ShPA® 40 mg/2 ml ampulы №25» dori vositasi belgilangan narxdan yuqori narxda sotilgani aniqlangan.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan belgilangan tartibda koʻrsatmalar berilgan. Litsenziya talablari boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun tegishli vakolatli organga soʻrov yuborilgan.




