platina.uz
Jamiyat

"Afgʻonistonda vaziyat yaxshilandi deb ishonch bilan ayta olmaymiz" — bojxona qoʻmitasi vakili

Bojxona qoʻmitasi vakiliga koʻra, hozirda giyohvand modddalar boʻyicha bironta yoʻnalishni xavfsiz deb boʻlmaydi. Sintetik giyohvand moddalar bozori ham kuchayib bormoqda. 

"Afgʻonistonda vaziyat yaxshilandi deb ishonch bilan ayta olmaymiz" — bojxona qoʻmitasi vakili

Bojxona qoʻmitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning aytishicha, Afgʻonistondan Oʻzbekistonga koʻp miqdorda narkotik moddalar olib kirishga urinishlar davom etmoqda.

Joriy yilda afgʻon qozonlari ichida bir necha yuz kilogramm gashish olib kirishga urinish aniqlangan.

Oʻtgan yili esa 612 kilogramm giyohvandlik moddalari supurgi dastaklari ichiga yashirilgan holda olib kirilishiga urinish boʻlgan.

Bojxona qoʻmitasi vakiliga koʻra, hozirda bironta yoʻnalishni xavfsiz deb boʻlmaydi.

"Avval xavf qayerdan kelishini bilardik. Hozir vaziyat unday emas. Masalan Germaniyadan 6 kg sintetik giyohvand modda boks qoʻlqoplarida yuborilgan. Mefedron moddasi bir dozasi 0,02 mg boʻladi. 6 kg miqdor oʻn minglab odamlarri zaharlashi mumkin" —deydi Husan Tangriyev.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid