platina.uz
Jamiyat

"Ajal aravasi": 9 oy ichida moped va skuterlar ishtirokidagi YTHlarda 89 kishi halok boʻldi

2025 yil davomida moped va skuter haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq qariyb 300 ta holat aniqlangan boʻlsa, 2026 yilning oʻtgan davrida bu koʻrsatkich 4 312 taga yetgan.

"Ajal aravasi": 9 oy ichida moped va skuterlar ishtirokidagi YTHlarda 89 kishi halok boʻldi

2026 yilning 9 oyi davomida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ushbu avariyalarda 488 nafar shaxs tan jarohati olgan, 89 kishi halok boʻlgan.

2025 yil davomida moped va skuter haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq qariyb 300 ta holat aniqlangan boʻlsa, 2026 yilning oʻtgan davrida bu koʻrsatkich 4 312 taga yetgan.

Shuningdek, 162 ta holatda moped va skuter haydovchilari ham tegishli hujjatlarsiz, ham mast holatda boʻlgani aniqlangan.

Mazkur raqamlar moped, skuter va kichik hajmli mototransport vositalarini boshqarishda xavfsizlik talablarini kuchaytirish zaruratini koʻrsatmoqda, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid