platina.uz
Jamiyat

"Urganch–Xiva" pullik avtomobil yoʻlidan foydalanish tartibi belgilandi

Yoʻldan foydalanish uchun toʻlov miqdori transport vositasi toifasiga qarab, Transport vazirligi tomonidan belgilangan eng yuqori miqdorlardan oshmagan holda operator tomonidan belgilanadi. 

"Urganch–Xiva" pullik avtomobil yoʻlidan foydalanish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi "Urganch–Xiva" pullik avtomobil yoʻlidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Unga koʻra:

-operator yoʻldan foydalanish boshlanishidan oldin tariflar, toʻlov usullari hamda muqobil bepul yoʻl haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;

-pulli yoʻldan foydalanish operator va foydalanuvchi oʻrtasidagi ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi;

-toʻlovlar elektron shaxsiy hisob, toʻlov punkti yoki kechiktirilgan toʻlov usuli orqali amalga oshiriladi;

-yoʻldan foydalanish uchun toʻlov miqdori transport vositasi toifasiga qarab, Transport vazirligi tomonidan belgilangan eng yuqori miqdorlardan oshmagan holda operator tomonidan belgilanadi;

-foydalanuvchi toʻlov tarixi va qarzdorligini tekshirish, notoʻgʻri hisoblangan toʻlovni qayta hisoblashni talab qilish hamda operatorning harakatlari ustidan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega;

-toʻsiqsiz tizimda kechiktirilgan toʻlov qoʻllanilganda, toʻlov xabarnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim;

-qarzdorlik boʻyicha shikoyat kelib tushganda, operator besh ish kuni ichida maʼlumotlarni qayta tekshiradi. Shikoyat asosli boʻlsa, qarzdorlik bekor qilinadi yoki qayta hisoblanadi;

-operator yoʻlni soz holatda saqlash, avariya va texnik nosozliklarda yordamni tashkil etish hamda yoʻldagi nosozliklar tufayli transport vositalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplashga majbur.

Mazkur hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi hamda pulli avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasi qarori kuchga kirguniga qadar amal qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid