platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda

Mamlakatda yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Taʼlim va ilm-fanni boshqarish boʻyicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga ham asoslanmoqda. Rivojlangan davlatlarning koʻpchiligida taʼlimning asosiy bosqichlari bitta boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtiriladi. Bunday boshqaruv modeli AQSh, Angliya, Avstraliya, Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham qoʻllanadi.

Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda

Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Yangi vazirlik maktabgacha taʼlim, maktab, kasbiy va oliy taʼlimdan tortib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, qayta tayyorlash, malaka oshirish hamda qoʻshimcha va norasmiy taʼlimgacha boʻlgan barcha yoʻnalishlarni qamrab oladi.

Bunday yondashuv taʼlimning barcha bosqichlarini yagona maqsad va umumiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, ular oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash hamda insonning taʼlim olishi va kasbiy rivojlanishini yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga xizmat qiladi.

Taʼlim va ilm-fanni boshqarish boʻyicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga ham asoslanmoqda. Rivojlangan davlatlarning koʻpchiligida taʼlimning asosiy bosqichlari bitta boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtiriladi.

Bunday boshqaruv modeli AQSh, Angliya, Avstraliya, Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham qoʻllanadi. Bu taʼlim siyosatini umumiy yondashuv asosida samarali amalga oshirish imkonini beradi.

Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda

Taʼlim siyosatining asosiy yoʻnalishlarini yagona boshqaruv tizimi doirasida muvofiqlashtirish taʼlimning turli bosqichlari oʻrtasidagi izchillikni kuchaytirish va taʼlim sifatini oshirish uchun yaxlit yondashuvni shakllantiradi.

Shu bilan birga, oliy taʼlim muassasalari mustaqilligini kengaytirish yangi tizimning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlatning oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga aralashuvini qisqartirish, ularga kengroq mustaqillik berish hamda nodavlat sektor uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish koʻzda tutilmoqda.

Dunyo tajribasida erkin raqobat va bozor talabi taʼlim sifatini oshirishga muhim turtki beradi. Bu oliy taʼlim muassasalarini taʼlim dasturlari va xizmatlarini muntazam takomillashtirishga, sifat uchun raqobat qilishga undaydi.

Yangi tizimning asosiy maqsadi — taʼlimning barcha bosqichlarini oʻzaro uzviy bogʻlash, taʼlim sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladigan yagona, zamonaviy tizimni shakllantirish.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid