platina.uz
Sport

Osiyo oʻyinlari gʻoliblariga 25 ming dollardan beriladi

Sportchilarni musobaqaga tayyorlagan murabbiylar uchun ham alohida ragʻbatlantirish belgilangan. Chempion sportchi murabbiyiga 10 ming dollar, kumush medal sohibi ustoziga 5 ming dollar, bronza medal uchun esa 2,5 ming dollar beriladi. 

Osiyo oʻyinlari gʻoliblariga 25 ming dollardan beriladi

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlarida sovrindor boʻlgan oʻzbekistonlik sportchilar davlat tomonidan bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Belgilangan tartibga koʻra, oltin medal sohibi 25 ming AQSh dollari, kumush medal olgan sportchi 12,5 ming dollar, bronza medal uchun esa 6 250 dollar miqdorida mukofot puli oladi.

Sportchilarni musobaqaga tayyorlagan murabbiylar uchun ham alohida ragʻbatlantirish belgilangan. Chempion sportchi murabbiyiga 10 ming dollar, kumush medal sohibi ustoziga 5 ming dollar, bronza medal uchun esa 2,5 ming dollar beriladi.

Ushbu miqdorlar prezidentning 2026 yil 21 sentabrdagi PQ–347-son qarori bilan belgilangan.

Ayni paytda Oʻzbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo oʻyinlarida 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — jami 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida 5-oʻrinni egallab turibdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid