platina.uz
Jamiyat

Maxsus komissiya Toshkentda chang-toʻzonli ob-havodan ogohlantirdi

Prognozlarga koʻra, shamol tezligi 3–8 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 10–14 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol taʼsirida ayrim joylarda chang-toʻzonlar yuzaga kelishi mumkin.

Maxsus komissiya Toshkentda chang-toʻzonli ob-havodan ogohlantirdi

Maxsus komissiya bugun yomgʻirdan oldin Toshkent shahrida qisqa muddatli chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

​Global ob-havo modellari hamda Oʻzgidromet prognozlariga koʻra, bugun Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-toʻzon hodisalari kuzatilishi mumkin.

Prognozlarga koʻra, shamol tezligi 3–8 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 10–14 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol taʼsirida ayrim joylarda chang-toʻzonlar yuzaga kelishi mumkin.

​Ushbu jarayonlar natijasida atmosfera havosida chang zarrachalari miqdori, ayniqsa, PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga ortishi kuzatiladi.

​Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid