platina.uz
Jamiyat

"Fuqaro bilan ogʻzingdan bol tomib gaplashishing kerak, gʻoʻdayib emas" — Erkinjon Turdimov

Hokim bundan 20 kun avval yoʻlga qoʻyilgan "Sirdaryo" xalq platformasidagi murojaatlar bilan bogʻliq vaziyat haqida gapirdi. Qisqa vaqt ichida platformaga 6 mingdan oshiq murojaat kelib tushgan. 

"Fuqaro bilan ogʻzingdan bol tomib gaplashishing kerak, gʻoʻdayib emas" — Erkinjon Turdimov

"Fuqaro bilan ogʻzingdan bol tomib gaplashishing kerak, gʻoʻdayib emas” — Sirdaryo hokimi Erkinjon Turdimov xodimlariga tanbeh berdi.

Sirdaryo viloyati oʻtkazilgan yigʻilishda hokimi davlat xizmatchilarini xalq bilan doʻstona muloqotda boʻlishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, odamlar muammolari yuzasidan soha masʼullaridan koʻra hokimga koʻproq murojaat qilmoqda.

"Hammaning bitta vazifasi bor: xalqqa xizmat qilish. Agar sen fuqaroning muammosini yechmaydigan boʻlsang, nima keraging bor?", deya savol qoʻyadi hokim.

Hokim bundan 20 kun avval yoʻlga qoʻyilgan "Sirdaryo" xalq platformasidagi murojaatlar bilan bogʻliq vaziyat haqida gapirdi. Qisqa vaqt ichida platformaga 6 mingdan oshiq murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning qariyb yarmi bandlik sohasiga toʻgʻri keladi. 2,7 mingdan oshiq kishi mahalla masʼullariga emas, shaxsan viloyat hokimiga murojaat qilgan.

Yakunda mazkur masala sabab ikki amaldorlarning lavozimga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi, uch kishiga intizomiy jazo qoʻllanildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid