platina.uz
Jamiyat

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yongʻin chiqdi

Masjid binosining gumbaz qismida penopoliuritan yonib zararlangan. Jarohat olganlar yoʻqligi aytildi. 

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yongʻin chiqdi

Bugun, 3 oktabr kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, Sergeli 4-dahasida joylashgan yangi qurilayotgan masjid binosining gumbaz qismida yongʻin chiqqan.

FVV xabariga koʻra, 3 oktabr kuni Sergeli 4-dahasida masjid binosining gumbaz qismi tutayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Masjid binosining gumbaz qismida penopoliuritan yonib zararlangan, yongʻin soat 12:04 da oʻchirildi.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid