platina.uz
Jamiyat

Taʼlim sohasidagi yangilanishlarning asosiy mazmuniga izoh berildi

Taʼlim va ilm-fan vazirligi barcha bogʻcha, maktab, professional va OTMlar faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun masʼul boʻlishi, taʼlim faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shugʻullanishi kerak boʻladi.  

Taʼlim sohasidagi yangilanishlarning asosiy mazmuniga izoh berildi

"Taʼlim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tugʻilishi tabiiy.

Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov taʼlim sohasidagi soʻnggi oʻzgarishlarga izoh berdi.

Aytilishicha, Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan koʻzlagan asosiy gʻoyasi quyidagilardan iborat:

– Taʼlim va ilm-fan vazirligi barcha bogʻcha, maktab, professional va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun masʼul boʻlishi, taʼlim faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shugʻullanishi kerak;

– Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan oʻziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "oʻzbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta koʻrib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

– oliy taʼlimda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli taʼlim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi koʻrsatishi kerak.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid