Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga ballistik raketa uchirdi
Yaponiya Mudofaa vazirligi raketa uchirilganini tasdiqladi va u allaqachon dengizga qulaganini qoʻshimcha qildi. Seul, Vashington va Tokio yuqori jangovar shaylikni saqlab, raketa uchirilishi haqida maʼlumot almashmoqda. Bu KXDRning sentabr oyi boshidan beri Yapon dengiziga qarata ikkinchi ballistik raketa uchirilishidir.

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga ballistik raketa uchirdi, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi Janubiy Koreya harbiy qoʻmondonligiga tayanib.
Yaponiya Mudofaa vazirligi raketa uchirilganini tasdiqladi va raketa allaqachon dengizga tushganini qoʻshimcha qildi. Seul, Vashington va Tokio yuqori jangovar shaylikni saqlab, raketa uchirilishi haqida maʼlumot almashmoqda.
Reuters agentligiga taqdim etilgan Yaponiya harbiy maʼlumotlariga koʻra, raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushdi. NHK va Kyodo News ham hodisa Yaponiya suvlarining hududiy yaxlitligiga tahdid solmasligini tasdiqladilar.
Bu Shimoliy Koreyaning sentabr oyi boshidan beri Yapon dengiziga qarata ikkinchi ballistik raketa uchirilishidir. Pxenyan ilgari 12 va 14 sentabr kunlari raketalarni sinovdan oʻtkazgan edi.
Avvalroq, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasining boʻlim boshligʻi Kim Yo Jon Qoʻshma Shtatlar, Janubiy Koreya va Yaponiyani keskinlikni kuchaytirishda ochiqchasiga ayblagan edi. Uning taʼkidlashicha, provokatsion harakatlar ittifoqchilarning 7-11 sentabr kunlari Janubiy Koreyaning Jeju orolining sharqida va janubida xalqaro suvlarda boʻlib oʻtgan qoʻshma harbiy mashqlari tufayli yuzaga kelgan.




