Prezident administratsiyasi huzurida taʼlim strategiyasi boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda
Ishchi guruhga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Prezident administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim strategiyasi boʻyicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ishchi guruhga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.
Guruh tarkibiga taʼlim muassasalarini yoʻlga qoʻyish va samarali tizimlarni yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.
Avvalroq prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va fan vazirligiga birlashtirilgani haqida xabar berilgandi.




