platina.uz
Sport

Osiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston futbolda medalsiz qoldi

Terma jamoa 3-oʻrin uchun bahsda Xitoyga qarshi penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchradi. Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova esa Osiyo oʻyinlarida uchinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Osiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston futbolda medalsiz qoldi

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo oʻyinlarida bronza medali uchun kechgan bahsda Xitoyga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi safida Sardor Bahromov va Shodiyor Shodiboyev gol urdi. Qayd etish joizki, Oʻzbekiston ikki bor hisobda orqada qolayotganda vaziyatni oʻnglashga erishdi.

Asosiy vaqtdan soʻng reglamentga koʻra, gʻolibni aniqlash uchun darhol penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda Xitoy U-23 terma jamoasi 4:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo oʻyinlarini medalsiz yakunladi. Eslatib oʻtamiz, yarim finalda Yaponiya terma jamoasiga ham penaltilar seriyasida imkoniyat boy berilgandi.

Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova Osiyo oʻyinlarida uchinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi. Yakkalik koʻpkurash dasturining finalida qatnashgan yurtdoshimiz 112.950 ball bilan oltin medalga sazovor boʻldi.

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Marat Mavlonov Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi. +80 kg vazn toifasining finalida jang qilgan yurtdoshimiz eronlik raqibiga magʻlub boʻldi va ikkinchi oʻrinni egalladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid