Afruza Hamdamova Xalqaro sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi
Samarqandda oʻtgan shaxmat olimpiadasida terma jamoa yetakchisi boʻlgan Hamdamova bir necha nufuzli mukofotlar sohibi va jahon chempioni sanaladi.

Shaxmatchi Afruza Hamdamova Xalqaro sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi.
Samarqandda boʻlib oʻtgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoa yetakchisi, Afruza Hamdamova “Xalqaro sport ustasi (IM)” unvoniga sazovor boʻldi.
Afruza Olimpiadada Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi sharafini butun turnir davomida birinchi doskada himoya qildi. 10 ta partiyada 6,5 ochko toʻplab, 2470 reyting koʻrsatkichi (performance) bilan oʻynadi.
Hamdamova ikki karra jahon chempioni va xalqaro grossmeyster sanaladi.




