17 ta OTM Oliy taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazildi
14 ta pedagogik OTM Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi tasarrufidan chiqarildi. Shuningdek, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga Nizomiy Ganjaviy nomi berildi.

17 ta OTM Oliy taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Prezidentning 2 oktabrdagi qarori bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi 14 ta pedagogik OTM hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta OTM Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga Nizomiy Ganjaviy nomi berildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalari:
Andijon davlat pedagogika instituti
Buxoro davlat pedagogika instituti
Guliston davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti
Namangan davlat pedagogika instituti
Nizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti
Nukus davlat pedagogika instituti
Samarqand davlat pedagogika instituti
Termiz davlat pedagogika instituti
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Urganch davlat pedagogika instituti
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidan oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalari:
15. “Yangi Oʻzbekiston” universiteti
16. Al-Xorazmiy universiteti
17. Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.




