Turkiyalik shifokorlar Namanganda bolalarni bepul koʻrikdan oʻtkazadi
Koʻrik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bogʻliq xarajatlar Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi.

5-6 oktabr kunlari Namangan viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida Turkiyaning malakali plastik xirurg va umumiy xirurg mutaxassislari tomonidan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul tibbiy koʻrik tashkil etiladi.
Plastik xirurg koʻrigi:
-tugʻma yuz-jagʻ nuqsonlari, lab va tanglay yoriqlari, kuyishdan keyingi chandiqlar va deformatsiyalar, qoʻl-oyoqdagi tugʻma yoki orttirilgan nuqsonlar, teri va yumshoq toʻqimalardagi murakkab holatlar.
Umumiy xirurg koʻrigi:
-churra, kindik va chov churrasi, tugʻma xirurgik nuqsonlar, qorin boʻshligʻi hamda yumshoq toʻqimalarga oid kasalliklar, operativ davolash talab qilishi mumkin boʻlgan boshqa murakkab holatlar.
Koʻrik davomida jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji bor bolalar saralab olinadi. Zarur davolash va operatsiyalar turkiyalik mutaxassislarning keyingi tashriflari doirasida tashkil etiladi.
Koʻrik, davolash va zarur jarrohlik amaliyotlari bilan bogʻliq xarajatlar Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplanadi.
Barcha tibbiy xizmatlar — bepul.
Manzil: Namangan viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi
Sana: 5-6 oktabr 2026 yil.




