platina.uz
Jamiyat

Turkiyada xalqaro qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik ayol ushlandi

U yosh qizlarni yuqori maoshli ish vaʼdalari bilan aldab, Turkiyaga olib kelish va bu yerda ularning pasportlarini olib qoʻygan holda ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanganlikda gumon qilinmoqda. 

Turkiyada xalqaro qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik ayol ushlandi

Odam savdosi bilan shugʻullangan xalqaro qidiruvdagi ayol Turkiyada qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

​Oʻzbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yoʻl qoʻymaslik yoʻnalishida izchil davom etmoqda.

​Natijada, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqtdan buyon xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi, 1981 yilda tugʻilgan N.E. Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul shahrida aniqlanib, qoʻlga olindi.

​Gumonlanuvchi N.E. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan ayblanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidirilayotgan edi.

U yosh qizlarni yuqori maoshli ish vaʼdalari bilan aldab, Turkiyaga olib kelish va bu yerda ularning pasportlarini olib qoʻygan holda ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanganlikda gumon qilinmoqda.

​Mazkur shaxs belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirildi. Hozirda unga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid