Talabalarga ijara toʻlovi uchun ariza topshirish muddati uzaytiriladi
Ijtimoiy tarmoqlarda yotoqxonadan joy ololmagan talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berilish boʻyicha ariza topshirish imkoniyati cheklangani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yotoqxonadan joy ololmagan talabalarning ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yuzasidan bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yotoqxonadan joy ololmagan talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berilish boʻyicha ariza topshirish imkoniyati cheklangani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Amaldagi tartibga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga ijara huquqi asosida yashayotgan xonadon uchun ijara toʻlovining bir qismi belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Talabalardan kelib tushayotgan murojaatlar inobatga olinib, ijara toʻlovi uchun ariza topshirish hamda sentabr oyi uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari uzaytiriladi.
Yangi muddatlar boʻyicha batafsil maʼlumot qisqa vaqt ichida rasman eʼlon qilinadi, deyiladi vazirlik xabarida.




