platina.uz
Jamiyat

Qibrayda ustoz jurnalistlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi

​Tadbirning muhim jihati — uzoq yillar jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan ustozlar bir davrada jam boʻlib, mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlari yuzasidan fikr almashdi. Oʻzbekistonda kechayotgan ochiqlik siyosatining amaliy natijalari alohida eʼtirof etildi. 

Qibrayda ustoz jurnalistlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan 1 oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Taʼzim sizga, ustozlar” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Qibrayda ustoz jurnalistlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi

​Qibray tumanidagi Nuroniylar markazida boʻlib oʻtgan tadbirga uzoq yillar jurnalistika sohasida samarali mehnat qilgan ustoz jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi.

Qibrayda ustoz jurnalistlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi

​Tadbirni Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov ochib berdi. U oʻz soʻzida mamlakatimizda matbuot va OAVga berilayotgan eʼtibor, ustoz va murabbiylarning soha rivojidagi oʻrni haqida toʻxtaldi.

​Tadbirning yana bir muhim jihati — uzoq yillar jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan ustozlar bir davrada jam boʻlib, mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlari yuzasidan fikr almashdi. Xususan, “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi raisi oʻrinbosari Sharof Ubaydullayev yurtimizda kechayotgan ochiqlik siyosatining amaliy natijalarini alohida eʼtirof etdi.

Qibrayda ustoz jurnalistlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi

​Uchrashuv davomida ustozlar hayotiy va kasbiy tajribalari bilan oʻrtoqlashib, yosh avlodga tilaklarini bildirishdi.

​Kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid