Oʻzbekistonda harorat keskin pasayib, yomgʻir yogʻadi
Joriy yilning 3 oktabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 4–5 oktabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston hududida havo harorati tushib, yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya markazi bu haqda maʼlumot berdi.
Joriy yilning 3 oktabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 4–5 oktabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda.
3–4 oktabrda shimolda va choʻl hududlarda, 4–5 oktabrda respublikaning qolgan hududlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, baland togʻlarda qorga aylanadi.
Havo harorati asta-sekin kunduz kunlari 15–20 darajagacha, kechalari 5–10 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 12–17 darajagacha, kechalari 2–7 daraja iliqgacha pasayadi.
3–4 oktabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda baʼzida chang-toʻzonlar bilan 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.




