platina.uz
Jamiyat

"Odamlar koʻchada yotibdi": Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tanqidlarga javob berdi

Tarmoqda "Taʼlim vazirligida kimlar ishlaydi?" sarlavhasi ostida "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qabulxonasiga yaqinda borgandik, odamlar koʻchada yotibdi" mazmunidagi xabar yoritildi. Aytilishicha, videoda aks etgan holat joriy yilning may oyida sodir boʻlgan. 

"Odamlar koʻchada yotibdi": Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tanqidlarga javob berdi

Tarmoqda "Taʼlim vazirligida kimlar ishlaydi?" sarlavhasi ostida "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qabulxonasiga yaqinda borgandik, odamlar koʻchada yotibdi" mazmunidagi xabar yoritilgan.

Videoxabar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, videoda aks etgan holat joriy yilning may oyida sodir boʻlgan. Ushbu fuqaroning murojaati vazirlik masʼullari tomonidan belgilangan tartibda oʻrganilgan, unga tegishli tushuntirishlar berilgan. Mazkur holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar vazirlikda mavjud.

Shu sababli, bir necha oy avval sodir boʻlgan holatni "yaqinda boʻlgan voqea" sifatida taqdim etish jamoatchilikni chalgʻitishi mumkin. Axborot tarqatishda voqeaning sanasi, mazmuni va haqqoniyligini tekshirish — har bir masʼuliyatli axborot tarqatuvchining vazifasidir.

"Afsuski, soʻnggi vaqtlarda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi faoliyatiga oid asosli va asossiz tanqidlar, kontekstdan uzib olingan holatlar hamda eski videolarni yangi voqeadek taqdim etish holatlari koʻpaymoqda.

Haqiqatga asoslanmagan, bir tomonlama yoki ataylab notoʻgʻri talqin qilingan axborot tarqatish taʼlim tizimiga, unda mehnat qilayotgan minglab fidoyi ustoz va mutaxassislarning shaʼniga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Axborot maydonidagi har qanday xabarni tekshirmasdan tarqatish, eski tasvirlarni yangi voqea sifatida koʻrsatish yoki biror tizim haqida salbiy tasavvur uygʻotishga xizmat qiladigan axborot oqimiga ergashish jamoatchilik manfaatiga xizmat qilmaydi.

Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini axborot tarqatishda xolislik, masʼuliyat va jurnalistik-axloqiy meʼyorlarga amal qilishga, tekshirilmagan maʼlumotlarga berilmaslikka hamda turli axborot xuruji va sunʼiy shov-shuvlarga qoʻshilmaslikka chaqiramiz", deyiladi xabarda.

"Axborot tarqatishda shov-shuv emas, haqiqat ustuvor boʻlishi kerak", deyiladi vazirlik xulosasida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid