platina.uz
Jamiyat

AI-80 benzini taqiqlangach, Toshkentda havo tozalandi

2025 yilda 17 marta "qizil" xavf darajasi belgilangan boʻlsa, 2026 yilda hali "binafsharang" xavf darajasiga chiqmagan. 2025 yil 12 oyi va 2026 yilning 21 sentabriga qadar boʻlgan davr taqqoslanganda, 25 foizgacha havo sifati ifloslanishi koʻrsatkichi kamaygan.
 

AI-80 benzini taqiqlangach, Toshkentda havo tozalandi

Toshkentda 2026 yilda havo sifati yaxshilandi. Qayd etilishicha, 2025 yil 1 dekabrdan AI-80 benziniga taʼqiq qoʻyilgach, atmosfera ifloslanishi sezilarli darajada kamaygan.

“Bizda yozda ham sariq, zargʻaldoq darajaga yetishi kuzatilgan holatlar yoʻq boʻldi. 2026 yil yanvardan 21 sentabrgacha boʻlgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, 147 kun yaxshi havo kunlari boʻldi. Hatto 18 apreldan 17 mayga qadar 30 kun uzluksiz yaxshi havo kuzatilgan. Bu bioiqlim sharoitida “komfort” hisoblanadi”, - dedi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turgʻunov.

Qayd etilishicha, 2025 yilda 17 marta "qizil" xavf darajasi belgilangan boʻlsa, 2026 yilda hali "binafsharang" xavf darajasiga chiqmagan. 2025 yil 12 oyi va 2026 yilning 21 sentabriga qadar davr taqqoslanganda, 25 foizgacha havo sifati ifloslanishi koʻrsatkichi kamaygan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid