platina.uz
Jamiyat

Toshkentda turmush oʻrtogʻini kaltaklagan sport ustasi 10 sutkaga qamaldi

Shuningdek, sud erkakdan qamoqda saqlash xarajatlari uchun 618 ming soʻm undirish haqida qaror chiqardi. 

Toshkentda turmush oʻrtogʻini kaltaklagan sport ustasi 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda turmush oʻrtogʻini kaltaklagan sport ustasi 10 sutkaga qamalgani maʼlum qilindi.

29 sentabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudi farzandlarining koʻz oldida turmush oʻrtogʻini kaltaklagan sport ustasi va murabbiyga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda Nemolchi.uz loyihasi xabar qildi.

Avgust oyida loyihaga murabbiyning ayoli eri tomonidan kaltaklangani, oʻzi hamda 3,5 yoshli qizi va bir yoshli oʻgʻlining hayotidan xavotirda ekanini aytib murojaat yoʻllagan. Xabar eʼlon qilingach, jabrlanuvchiga ekspertiza uchun yoʻllanma berilgan, ijtimoiy xizmatlar u bilan bogʻlanib, keyingi qoʻllab-quvvatlash uchun ijtimoiy himoya reyestriga kiritgan.

Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati oiladagi (maishiy) zoʻravonlik moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar qilgan. Biroq yakunda ish maʼmuriy tartibda koʻrib chiqildi: sud-tibbiy ekspertizasi tan jarohatlarini yengil va salomatlikning qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan deb topgan.

Sudda erkak xotinini kaltaklaganini tasdiqladi va boshqa bunday qilmaslikka vaʼda berib, yengillik berishni soʻragan. Jabrlanuvchi esa unga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanishini soʻragan.

Sud murabbiyni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59−2-moddasi 2-qismi (Oiladagi (maishiy) zoʻravonlik) boʻyicha aybdor deb topib, 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan. Muddat 29 sentabrdan hisoblanadi. Shuningdek, sud tajovuzkordan qamoqda saqlash xarajatlari uchun 618 ming soʻm undirish haqida qaror chiqargan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid