Oʻzbekiston Toshkentdagi uchrashuvda Suriyani magʻlub etdi
Uchrashuvda beshta gol urildi. Suriya yagona golni soʻnggi daqiqalarda kiritdi.

Oʻzbekiston Toshkentdagi uchrashuvda Suriyani magʻlub etdi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi 1 oktabr kuni Toshkent shahrida Suriya milliy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsini oʻtkazdi.
28-daqiqada Sherzod Esanov raqib jarima maydoni ichida toʻpni egallab oldi va darvozaga kiritdi.
44-daqiqada Akmal Mozgovoy darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, qulay vaziyatni golga aylantirdi.
49-daqiqada Husayn Norchayev jarima maydoniga yetkazilgan toʻpni boshi bilan darvozaga aniq yoʻlladi. 90-daqiqada uning oʻzi yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol etdi.
Soʻnggi soniyalarda Suriya bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. Himoyachi Muhammad Hakimov avtogol muallifi boʻldi.
Oʻzbekiston - Suriya 4:1
Gollar: Sherzod Esanov (28), Akmal Mozgovoy (44), Husayn Norchayev (49, 90) - Muhammad Hakimov (90+3 avtogol).




