platina.uz
Jahon

"Men boʻlmaganimda Isroil va Saudiya Arabistoni yoʻq boʻlib ketardi" — Tramp

AQSh prezidenti Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan ajoyib munosabatlarga ega ekanligini qoʻshimcha qildi. 

"Men boʻlmaganimda Isroil va Saudiya Arabistoni yoʻq boʻlib ketardi" — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp agar u Qoʻshma Shtatlar prezidenti boʻlmaganida "Isroil va Saudiya Arabistoni yoʻq boʻlib ketishi"ni aytdi.

​"Men Saudiya Arabistoni uchun koʻp ish qildim. Saudiya Arabistonini himoya qilaman. Agar men prezident boʻlmaganimda, ushbu davlat hozir mavjud boʻlmas edi, Isroil ham boʻlmas edi. Ular xaritadan oʻchirib tashlangan boʻlar edi", dedi u Time jurnaliga bergan intervyusida.

​Tramp Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan ajoyib munosabatlarga ega ekanligini qoʻshimcha qildi.

"Ammo esingizda boʻlsin, agar men bu yerda boʻlmaganimda, Saudiya Arabistoni boʻlmas edi. Isroil ham boʻlmas edi", deb taʼkidladi Amerika prezidenti.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtda Saudiya va Yamandagi husiylar oʻrtasidagi vvaziyat keskinlashdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid