platina.uz
Jamiyat

Maktabdagi oʻqituvchilarning uchdan ikki qismini ayollar tashkil qilmoqda

Oʻzbekiston maktablarida hozir qariyb 580 ming nafar ustozlar bor. Oʻqituvchilarning 72,5 foizi yoki 418,8 ming nafarini ayollar, 27,5 foizi yoki 158,9 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.

Maktabdagi oʻqituvchilarning uchdan ikki qismini ayollar tashkil qilmoqda

Oʻzbekistonda 577,7 ming nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025/2026 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 577,7 ming nafarni tashkil etgan (oʻrindoshlarsiz).

Ushbu koʻrsatkich 2024/2025 oʻquv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga oshgan.

Oʻqituvchilarning 72,5 foizi yoki 418,8 ming nafarini ayollar, 27,5 foizi yoki 158,9 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.

Hududlar kesimida oʻqituvchilar soni:

Samarqand viloyati — 65,1 ming nafar;

Qashqadaryo viloyati — 65,1 ming nafar;

Fargʻona viloyati — 60,6 ming nafar;

Surxondaryo viloyati — 52,3 ming nafar;

Andijon viloyati — 46,3 ming nafar;

Namangan viloyati — 42,6 ming nafar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 40,7 ming nafar;

Toshkent viloyati — 40,2 ming nafar;

Xorazm viloyati — 35,1 ming nafar;

Toshkent shahri — 34,1 ming nafar;

Buxoro viloyati — 33,4 ming nafar;

Jizzax viloyati — 25,7 ming nafar;

Navoiy viloyati — 22,3 ming nafar;

Sirdaryo viloyati — 14,2 ming nafar.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid