platina.uz
Jamiyat

Koʻmir qachon va qayerdan sotiladi? Rasmiy bayonot berildi

Koʻmir omborlarga yetkazilgandan soʻng aholiga sotuv mycoal.uz elektron platformasi orqali tashkil etiladi. Sotuv sanasi, ombor manzili va mavjud koʻmir miqdori hududlar kesimida shu platformada ochiq eʼlon qilib boriladi.

Koʻmir qachon va qayerdan sotiladi? Rasmiy bayonot berildi

2026 yilda aholi ehtiyojlari uchun 1 mln 530 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu haqda "Oʻzbekkoʻmir" AJ xabar berdi.

Ayni paytda hududlarga koʻmirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari uchun dastlabki partiyalar tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan, yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

Koʻmir omborlarga yetkazilgandan soʻng aholiga sotuv mycoal.uz elektron platformasi orqali tashkil etiladi. Sotuv sanasi, ombor manzili va mavjud koʻmir miqdori hududlar kesimida shu platformada ochiq eʼlon qilib boriladi.

Aholidan koʻmir sotuvi haqidagi maʼlumotlarni faqat rasmiy manbalar va mycoal.uz orqali olish soʻraladi.

Koʻmir qachon va qayerdan sotiladi? Rasmiy bayonot berildi

Ayni vaqtda hududlarda xonadonlar roʻyxatini shakllantirish va aholi ehtiyojlarini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Xonadonlar ehtiyojini qisqa muddatlarda toʻliq shakllantirish koʻmirni hududlarga samarali taqsimlash va aholiga oʻz vaqtida yetkazib berishning muhim sharti hisoblanadi.

Koʻmir qachon va qayerdan sotiladi? Rasmiy bayonot berildi

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid