platina.uz
Jahon

"Uchuvchilardan biri joniga qasd qilmoqchi boʻlgan": Flydubai voqeasi boʻyicha yangi tafsilotlar paydo boʻldi

Isroillik rasmiylar samolyotni kapitan boʻlib xizmat qilgan BAA fuqarosi va ummonlik ikkinchi uchuvchi boshqarganini tasdiqladilar. Dalillar shuni koʻrsatadiki, ikkinchi uchuvchi samolyot boshqaruvini qoʻlga olishni va bortdagi yoʻlovchilar bilan qasddan avariya sodir etishni niyat qilgan. Saudiya Arabistoni rasmiylari hozirda gumondorni soʻroq qilmoqda.

"Uchuvchilardan biri joniga qasd qilmoqchi boʻlgan": Flydubai voqeasi boʻyicha yangi tafsilotlar paydo boʻldi

Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan, ammo bortdagi favqulodda hodisa sabab Saudiya Arabistoniga qoʻngan samolyot boʻyicha yangi tafsilotlar maʼlum boʻldi.

Israel Hayom xabar berishicha, Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai Boeing 737 samolyotida boʻlgan ukrainalik va rossiyalik shaxs soʻnggi yillardagi eng yirik havo terrorchilik xurujlaridan birining oldini olishga muvaffaq boʻlishgan.

Isroillik rasmiylar samolyotni kapitan boʻlib xizmat qilgan BAA fuqarosi va ummonlik ikkinchi uchuvchi boshqarganini tasdiqladilar. Dalillar shuni koʻrsatadiki, ikkinchi uchuvchi samolyot boshqaruvini qoʻlga olishni va bortdagi yoʻlovchilar bilan qasddan avariya sodir etishni niyat qilgan.

Rasmiylar samolyotni olib qochishni rad etayotgan bir paytda, bortdagi favqulodda holat kabinadagi zoʻravonlik janjali natijasida yuzaga kelgani aniqlandi. Qarama-qarshilik ikkinchi uchuvchining terrorchilik harakatini sodir etishining oldini olish uchun umidsiz urinishdan boshlangan deb ishoniladi.

Isroillik rasmiylar ummonlik ikkinchi uchuvchini terrorchi deb tasnifladi. Saudiya Arabistoni rasmiylari hozirda gumondorni soʻroq qilmoqda.

Yoʻlovchilarning soʻzlariga koʻra, uchuvchilar boshqaruvni yoʻqotgan va kabinadagi toʻqnashuv bir nechta odamlarning koʻylaklarida qon izlari qoldirgan. Yoʻlovchilar orasida yana ikkita uchuvchi, ukrainalik va rossiyalik uchuvchilar boʻlgani uchun halokatning oldini olish mumkin boʻlgan.

"Xabarlarga koʻra, qoʻshimcha uchuvchilar ekipaji — rossiyalik va ukrainalik — yoʻlovchi sifatida sayohat qilishgan va oxir-oqibat samolyotni Saudiya Arabistonida xavfsiz qoʻndirishga muvaffaq boʻlishgan", deyiladi bayonotda.

FlightRadar maʼlumotlariga koʻra, janjal paytida samolyot 29 soniyada qariyb 4,5 km pastlagan.

Flydubai ekipajlari haqidagi barcha maʼlumotlar hozirda batafsil koʻrib chiqilmoqda. Shu bilan birga, Isroil tomoni Ar-Riyodning roziligini kutib, Saudiya Arabistoniga qolib ketgan fuqarolarni olib ketish uchun evakuatsiya reysini yuborishga qaror qildi. Bortda 170 nafar isroillik boʻlgan.

Flydubai reysi bortidagi voqea

Avvalroq Flydubai reysi bortidagi favqulodda holat va bortdagi Ukraina va Rossiya fuqarolarining ehtimoliy roli haqida qarama-qarshi xabarlar paydo boʻlgan edi. Uchuvchilar parvoz paytida ulardan biri hushidan ketguncha kabinada janjallashgani daʼvo qilingan.

Samolyot Saudiya Arabistonidagi aeroportga qoʻnishga majbur boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid