platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda B2 sertifikati boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari hozircha ishdan olinmaydi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 28 sentabrda taʼlim boshqarmalariga xat yuborgan. Unga koʻra, ayni vaqtda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari maktablarda ishlashni davom ettirishlari mumkin. 

Oʻzbekistonda B2 sertifikati boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari hozircha ishdan olinmaydi

Oʻzbekistonda B2 sertifikati boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari bilan mehnat shartnomasi hozircha bekor qilinmaydi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 28 sentabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuborgan koʻrsatma xatida aytiladi.

Unga koʻra, ayni vaqtda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari maktablarda ishlashni davom ettirishlari mumkin.

Oʻzbekistonda B2 sertifikati boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari hozircha ishdan olinmaydi

Avval jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qaror loyihasida tegishli sertifikatga ega boʻlmagan pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan edi. Vazirlik xatida keltirilishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan soʻng mazkur masala yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

B2 sertifikati talabi

2021 yilda qabul qilingan hukumat qarorlariga binoan, xorijiy tillar oʻqituvchilaridan 2025/26 oʻquv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro til sertifikatiga ega boʻlish talabi qoʻyilgan. 2025 yilning iyulida Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi xalqaro til sertifikati yoʻq oʻqituvchilarni ishdan boʻshatmaslik boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdimnoma kiritgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid