platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi

Kirish imtihonlari natijasiga koʻra, 2–5-yoʻnalishlardan biriga grant yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar uchun oʻz xohishiga binoan 1-tanlagan yoʻnalishida oʻqish imkoniyati yaratildi. 

Oʻzbekistonda 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi

Oʻzbekistonda 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

2026/2027-oʻquv yili kirish imtihonlari natijasiga koʻra, 2–5-yoʻnalishlardan biriga grant yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar uchun oʻz xohishiga binoan 1-tanlagan yoʻnalishida oʻqish imkoniyati yaratildi.

Unga koʻra:

- tanlovda ishtirok etib, 2–5-bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biriga davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida tavsiya qilinganlar bundan mustasno);

- bunda oʻqishga qabul qilish oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan amalga oshiriladi;

- mazkur tartib barcha davlat oliy taʼlim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan OTTlarga ham tatbiq etiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid