platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi

Qozogʻistonda oʻtkazilgan World Content Market tadbirida aktyor va rejissyor Rashid Malikov Oʻzbekiston media loyihalari, kino va seriallar haqida taqdimot oʻtkazdi. Shuningdek, Oʻzbekiston pavilonida qator nodavlat telekanallar, onlayn platformalar va xususiy kinostudiyalar vakillari muzokaralarda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi

Olmaotada oʻtkazilgan World Content Market tadbirida Kontent markazi vakili, aktyor va rejissyor Rashid Malikov Oʻzbekiston media loyihalari, ishlab chiqilayotgan kino va seriallar haqida taqdimot oʻtkazdi.

Taqdimotda oʻzbek filmlari va seriallarini xorijiy bozorlarga olib chiqish, chet el kontentini xarid qilish hamda hamkorlikda kino va media loyihalar yaratish imkoniyatlari haqida soʻz yuritildi. Oʻzbekistondagi suratga olish maskanlari va mahalliy ijodiy jamoalar bilan ishlash imkoniyatlari ham tanishtirildi.

Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi
Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi

World Content Marketdagi Kontent markazi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston pavilonida Sevimli TV, Zoʻr TV, MY5, Renessans TV, Biz TV, Solnechnыy TV telekanallari hamda Salom TV, SPlay, Zoʻr Play, Biz Media onlayn platformalari, "Panorama Fox", "Media Show TV" kabi xususiy kinostediyalar vakillari qatnashib, B2B muzokaralarda ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi
Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi
Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi

Shuningdek, ishtirokchilar 2027 yil 4–5 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan Tashkent Content Market tadbiriga taklif etildi va bu ishtirokchilarda katta qiziqish bilan qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Toshkentdagi xalqaro tadbirga roʻyxatdan oʻtish TCM.uz saytida davom etmoqda.

Oʻzbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid