platina.uz
Jamiyat

Oʻqituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi

Uning oʻrniga oʻqituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, oʻzi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablagʻni davlat ajratadi.

Oʻqituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi

Oʻqituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi.

Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda oʻqishi shart boʻlmaydi.

Uning oʻrniga oʻqituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, oʻzi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablagʻni davlat ajratadi.

Shavkat Mirziyoyev bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida ham toʻxtaldi.

“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek boʻlishga harakat qildim. Bular — sizlarning ogʻir masalalaringiz. Albatta, qiyin boʻladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qoʻysak, oʻzgarish boʻladi”, — dedi Prezident.

Avvalroq, boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham fan olimpiadalari yoʻlga qoʻyilib, olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchining ustoziga 100 million soʻm mukofot berilishi aytilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid