Milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarning oyligiga qoʻshimcha 50 foiz ustama toʻlanadi
Prezident pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi choralarni eʼlon qildi. Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider oʻqituvchilarga 30 mln soʻmdan mukofot beriladi

Oʻqituvchilar uchun yangi imtiyozlar eʼlon qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi choralarni eʼlon qildi.
-milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarning oyligiga qoʻshimcha 50 foiz ustama toʻlanadi;
-har yili 208 ta tuman va shahardagi lider oʻqituvchilarga 30 mln soʻmdan mukofot beriladi;
-har yili 1 000 nafar oʻqituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
-kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga OTM kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
Avvalroq 616 million soʻmlik mukofot berilgan tanlov endi bogʻcha tarbiyachilari oʻrtasida ham oʻtkazilishi aytilgandi.




