platina.uz
Jamiyat

Farzandini oilaviy bogʻchaga bergan ishli onalarga imtiyoz qoʻllaniladi

Ularning badal puli byudjetdan qoplanadi. Kelasi oʻquv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi oʻqish muddati toʻrt yildan uch yilga qisqaradi, bogʻchada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Farzandini oilaviy bogʻchaga bergan ishli onalarga imtiyoz qoʻllaniladi

Kelasi yildan ishli onalar farzandlarining badal puli byudjet hisobidan qoplanadi.

– Ayollar ishli boʻlsa, oilaga qoʻshimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga koʻproq sharoit yaratiladi,
– dedi Prezidentimiz.

Shu bois, kelasi yil 1 yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bogʻchaga bergan ishli onalarning badal puli byudjet hisobidan qoplanadi.

Bogʻcha tarbiyachilariga ishlab turib oliy maʼlumot olish imkoni yaratilgan. Joriy yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirdi: haftada besh kun ishlab, bir kun oʻqimoqda.

Kelasi oʻquv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi oʻqish muddati toʻrt yildan uch yilga qisqaradi.

Bogʻchada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid