platina.uz
Jahon

Binyamin Netanyahu qator OAV va jurnalistlarni sudga berdi

Bu 2023 yil 7 oktabrdagi HAMASning Isroilga hujumi bilan bogʻliq. OAV bosh vazir Misr va BAAdan hujum boʻyicha ogohlantirish olganini yozgandi. 

Binyamin Netanyahu qator OAV va jurnalistlarni sudga berdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu qator OAV va jurnalistlarni sudga berdi.

Bosh vazir 2023 yil 7 oktabrda HAMASning Isroilga hujumidan oldin Misr va BAA rahbarlaridan ogohlantirishlar olgani haqidagi xabarlar boʻyicha bir nechta Isroil ommaviy axborot vositalari va jurnalistlariga qarshi sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi.

Bu haqda "Likud" partiyasi eʼlon qildi.

​Partiya maʼlumotlariga koʻra, daʼvo arizasida 2,6 million shekel yoki taxminan 850 000 dollar miqdorida jarima soʻralgan. Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Haaretz, Yedioth Ahronoth va Channel 12 gazetalari, shuningdek, jurnalistlar Shlomi Eldar, Uri Misgav, Nadav Eyyal, Barak Ravid va Attila Shomfalvi sudlanuvchilar sifatida tilga olingan.

​Partiya ogohlantirishlar haqidagi xabarlarni "mutlaqo yolgʻon" deb atadi va ularning nashr etilishi yaqinlashib kelayotgan saylovlar bilan bogʻliq ekanligini daʼvo qildi.

Netanyahuning oʻzi ilgari Misr razvedkasi boshligʻi Abbas Kameldan ogohlantirish olganini rad etgan va hujumdan oldingi davrda BAA prezidenti bilan gaplashmaganini daʼvo qilgan.

Avvalroq Netanyaxu yashirincha BAAga borgani xabar qilingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid