platina.uz
Jamiyat

Ayrim oʻqituvchilarga 100 mln soʻmgacha mukofot pul beriladi

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham fan olimpiadalari yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchining ustoziga 100 million soʻm mukofot beriladi. ​Yangi oʻquv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi. 

Ayrim oʻqituvchilarga 100 mln soʻmgacha mukofot pul beriladi

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham fan olimpiadalari yoʻlga qoʻyiladi. Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida gʻolib boʻlgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million soʻm mukofot beriladi.

​Yangi oʻquv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi. Loyihaga jalb etilgan oʻqituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qoʻshiladi.

​– Endi oʻrta taʼlimda "sifat indeksi" joriy etiladi,– dedi Prezidentimiz.

​Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda oʻquvchilarning taʼlim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.

​Ilgʻor maktab boshqa maktablarga oʻz tajribasini oʻrgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid