platina.uz
Jamiyat

616 million soʻm mukofot beriladigan tanlov bogʻcha tarbiyachilari orasida ham oʻtkaziladi

Bu yilgi "Yil oʻqituvchisi" tanlovida respublika boʻyicha 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etib, 208 nafari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Prezident ushbu tanlovni bogʻcha tarbiyachilari va texnikum ustalari oʻrtasida ham oʻtkazish taklifini maʼqulladi. 

616 million soʻm mukofot beriladigan tanlov bogʻcha tarbiyachilari orasida ham oʻtkaziladi

616 million soʻmlik mukofot berilgan tanlov endi bogʻcha tarbiyachilari oʻrtasida ham oʻtkaziladi.

Kelasi yildan "Yil oʻqituvchisi" tanlovini bogʻcha tarbiyachilari va texnikum ustalari oʻrtasida ham oʻtkazish taklif etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda taʼlim tizimi vakillari bilan oʻtayotgan uchrashuvda bu tashabbusni bildirib, ularning mehnatini ham munosib ragʻbatlantirish zarurligini taʼkidlagan.

Bu yil yangi formatda oʻtkazilgan tanlovda 208 ta tuman va shahar gʻolibining har biriga 616 million soʻmdan mukofot berilgan.

"Kelasi yildan ushbu tanlovni 14 ta hududdagi bogʻcha tarbiyachilari va texnikum ustalari oʻrtasida ham oʻtkazib, ularni ham mukofotlasak, sizlarga maʼqulmi?" — dedi davlat rahbari.

Shu tariqa, 2027 yildan bolalarga ilk taʼlim-tarbiya berayotgan bogʻcha tarbiyachilari va yoshlarga kasb oʻrgatayotgan texnikum ustalarini ham mazkur tanlov orqali taqdirlash koʻzda tutilmoqda.

Prezident oʻqituvchilarning daromadiga ham toʻxtaldi. Uning aytishicha, hozir 40 ming oʻqituvchi ming dollardan, yana 1,5 ming nafar oʻqituvchi esa ikki ming dollardan yuqori maosh olmoqda.

"40 ming emas, 140 ming ustoz 1000 dollardan olsa — buyam kam, men koʻpayishi tarafdoriman", — dedi Prezident.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi" Yil oʻqituvchisi" tanlovida respublika boʻyicha 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etib, 208 nafari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid