platina.uz
Jamiyat

Toshkent metrosi ilk bor bir kunda 1,2 mlndan oshiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

Omadli 1 200 000-yoʻlovchiga 1 yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport toʻlov kartasi sovgʻa qilindi. 

Toshkent metrosi ilk bor bir kunda 1,2 mlndan oshiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

28 sentabr kuni Toshkent metropoliteni tarixida yangi rekord qayd etildi.

Bir kun davomida ilk marotaba 1200124 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatildi.

​Mazkur muhim voqea munosabati bilan metropoliten masʼul xodimlari ishtirokida 1200000-yoʻlovchini aniqlash boʻyicha maxsus tadbir tashkil etildi.

​Tadbir davomida ushbu tarixiy koʻrsatkichni qayd etgan omadli 1 200 000-yoʻlovchi aniqlandi.

​Unga metropoliten jamoasi nomidan esdalik sovgʻasi, shuningdek, bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport toʻlov kartasi tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, 21 sentabr kuni Toshkent metrosidan 1 mln 182 ming nafar yoʻlovchi foydalangandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid