platina.uz
Sport

Shaxmat olimpiadasi chempionlari uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi

Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi.  "Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning oʻzida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi", – dedi davlat rahbari. 

Shaxmat olimpiadasi chempionlari uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi

Prezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining gʻolib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini ragʻbatlantirish boʻyicha qaror qabul qilganini maʼlum qildi. Unga muvofiq, chempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.

Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi.

Olimpiada chempioni boʻlgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Bronza medalini qoʻlga kiritgan har bir parashaxmatchiga 50 ming dollar, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan beriladi.

– Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning oʻzida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Shu tariqa gʻolib va sovrindorlarning mehnati munosib ragʻbatlantirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid