platina.uz
Sport

Shavkat Mirziyoyev Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qildi

Qosimjonovning jahon chempionligi oʻzbek shaxmatida yangi davrni boshlab bergani, bugun esa orttirgan tajribasi yangi avlodga oʻtayotgani qayd etildi. 

Shavkat Mirziyoyev Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qildi

Davlat rahbari shaxmatchilar ustozi Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qildi.

– Ustozning eng katta gʻalabasi – shogirdlarining undan ham baland marralarga chiqishidir! – dedi Prezident hamda bugun oʻzbek shaxmatida ana shunday avlodlar davomiyligi yaqqol koʻrinayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan "Eng yaxshi federatsiya" deb eʼtirof etildi. Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova esa Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy prezidenti etib saylandi.

Shavkat Mirziyoyev bu eʼtiroflarni Oʻzbekistonning shaxmat mamlakati sifatida jahondagi nufuzi yuksalayotganining yana bir dalili sifatida baholadi.

Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Fargʻonada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yoʻlga qoʻyiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball toʻplagan shaxmatchilarning xususiy klublarda oʻqish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh isteʼdodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qoʻshimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “Oʻzbekiston Grand chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam oʻtkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan oʻz yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik oʻyin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid