platina.uz
Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Prezidentimiz Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy gʻalabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada Javohir yana sovuqqonlik va barqarorlik koʻrsatdi. Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani magʻlubiyatsiz oʻtkazib, birinchi taxtada oltin medalni qoʻlga kiritganini eʼtirof etildi.

Prezident shaxmatchilar haqida kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Prezidentimiz oʻzi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan koʻrganini aytdi: «Baʼzi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar».

Davlatimiz rahbari amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuvga alohida toʻxtaldi. Nodirbek Yaqubboyevning Nihal Saringa qarshi partiyasida vaziyat bir payt juda ogʻirlashganini esladi.

«Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qoʻllagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay oʻzgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi gʻalabani olib keldi», — dedi Prezidentimiz.

Hindiston ustidan gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston yakka peshqadamga aylandi. Keyin shaxmatchilarimiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, jahon reytingi yetakchisi va olti karra Olimpiada chempioni boʻlgan AQSh terma jamoasidan ham ustun keldi.

Prezidentimiz Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani magʻlubiyatsiz oʻtkazib, birinchi taxtada oltin medalni qoʻlga kiritganini eʼtirof etdi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi murakkab endshpildagi gʻalabasi ham alohida esga olindi: «Buning oʻzi alohida katta natija!».

Prezidentimiz Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy gʻalabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada Javohir yana sovuqqonlik va barqarorlik koʻrsatdi, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmadi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin Oʻzbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlatimiz rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyaryovni qora donalarda magʻlub etib, jamoamizga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Mamlakatimiz yetakchisi uning gʻayrati va gʻalabalari muxlislar koʻnglidan joy olganini taʼkidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qoʻshdi. Xususan, u amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, oʻz salohiyatini namoyon etdi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir aʼzosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezidentimiz.

Shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning oʻyin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid