platina.uz
Sport

Oʻzbekistonlik ikki sportchi Osiyo oʻyinlaridan vaqtincha chetlatildi

23 sentabr kuni Yaponiyada musobaqadan tashqari doping-nazorat vaqtida oʻzbekistonlik baydarka va kanoeda eshish sportchisi Pavel Eygeldan namuna olingan. Unda man etilgan trimetazidin moddasi aniqlangan. Aralash yakkakurashlar ustasi Nodirbek Shavkatovda esa man etilgan meldoniy moddasi topilgani aytildi. 

Oʻzbekistonlik ikki sportchi Osiyo oʻyinlaridan vaqtincha chetlatildi

Osiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik sportchilar Pavel Eygel va Nodirbek Shavkatovning doping-test namunasida man etilgan moddalar aniqlandi. Bu haqda Xalqaro doping-test agentligi maʼlum qildi.

23 sentabr kuni Yaponiyada musobaqadan tashqari doping-nazorat vaqtida oʻzbekistonlik baydarka va kanoeda eshish sportchisi Pavel Eygeldan namuna olingan. Unda man etilgan trimetazidin moddasi aniqlangan.

Trimetazidin Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Taqiqlangan roʻyxatiga S4 “Gormonlar va metabolizm modulyatorlari” kategoriyasi boʻyicha kiritilgan. Undan foydalanish musobaqalar paytida ham, musobaqadan tashqari davrda ham taqiqlanadi. Modda spetsifik boʻlmagan taqiqlangan moddalar toifasiga kiradi.

Shuningdek, 22 sentabr kuni Yaponiyada musobaqadan tashqari doping-nazorat vaqtida aralash yakkakurashlar boʻyicha oʻzbekistonlik sportchi Nodirbek Shavkatovdan ham namuna olingan. Unda man etilgan meldoniy moddasi aniqlangan. Meldoniy – Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Taqiqlangan roʻyxatiga S4 “Gormonlar va metabolizm modulyatorlari” kategoriyasi boʻyicha kiritilgan. Undan foydalanish musobaqalar paytida ham, musobaqadan tashqari davrda ham taqiqlanadi. Modda spetsifik boʻlmagan taqiqlangan moddalar toifasiga kiradi.

Sportchilar tahlil natijalari haqida xabardor qilingan va Butunjahon antidoping kodeksi hamda Osiyo Olimpiya kengashining (OCA) antidoping qoidalariga muvofiq, surishtiruv yakunlanguniga qadar vaqtincha musobaqalardan chetlatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid