platina.uz
Jamiyat

"Ibrat boʻlishi uchun pedofillarga oʻlim jazosini berish kerak" — Alisher Qodirov

Deputat Alisher Qodirov bolalarga nisbatan jinoyat uchun jazoni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi muhokamasida betaraf tomonda qolganini aytib, pedofillarni boshqalarga oʻrnak boʻlishi uchun oʻlim jazosiga mahkum qilish kerakligini bildirdi.

"Ibrat boʻlishi uchun pedofillarga oʻlim jazosini berish kerak" — Alisher Qodirov

Deputat Alisher Qodirov bolalarga nisbatan jinoyat uchun jazoni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi muhokamasida betaraf tomonda qolganini bildirdi va pedofillar uchun oʻlim jazosi zarurligini aytdi.

"Bir soatda 77 ta insonni oʻldirib, umrbod qamoqqa mahkum qilingan norvegiyalik maxluq kitob yozish uchun sharoit yoʻqligidan shikoyat qilgan va unga sharoit yaratib berilgan.

Xalqaro huquq bu maxluqni inson, minglab oʻldirilayotgan begunoh ayollar va bolalarni urushning yon taʼsiri sifatida koʻradi, qoʻshimchasiga buni qilayotganlarga eng yuksak minbarlardan turib inson qadri haqida maʼruza qilishga imkon beradi. Biz kimlardan oʻrnak olyapmiz?!

Bizning pedofil ham sharoit soʻrasa yaratib berishga majbur boʻlamiz, chunki biz ergashayotgan xalqaro huquq uni inson sifatida koʻradi, oʻlik sifatida emas!", deydi Qodirov.

Deputatga koʻra, qasddan odam oʻldirgan, ayniqsa bolaga qasd qilganlar kelgusida ehtimoliy bunday qotilliklarni oldini olish, moyillarga ibrat boʻlishi uchun oʻlimga hukm qilinishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Namanganda 5 yoshli qizchaning bogʻsa ombor mudiri tomonidan zoʻrlangani ortidan Oʻzbekistonda boalarga nisabatan qilingan zoʻravonlik boʻyicha jazo chorasini kuchaytirish masalasi kun tartibiga chiqdi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva voqeaga munosabat bildirib, aybdor qonunchilik qoirasida eng ogʻir jazoga tortilishini aytdi. Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva esa ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi berilishini soʻradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid