platina.uz
Jamiyat

Har bir mahallaga oʻrmonchi-murabbiy biriktiriladi

"Mahallam — yashilzor" dasturi doirasida toʻrtta muhim qadam amalga oshiriladi. Shulardan birinchisi tuproq-iqlim sharoitida mos koʻchatlarni yetkazib berish sanaladi. 

Har bir mahallaga oʻrmonchi-murabbiy biriktiriladi

Endilikda "Yashil makon" umummilliy lohiyasi doirasida har bir mahallada yangicha tizim joriy qilinadi. Xususan, oʻrmonchi-murabbiylar, tuproq iqlimiga mos koʻchatlar yetkazib beriladi, "Mahallam — yashilzor" dasturi amalga oshiriladi, mahallalarning "yashil xarita"lari yaratiladi va boshqa ishlar amalga oshiriladi.

Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon agentligi boʻlim boshligʻi Zafar Eshonqulov bu haqda batafsil maʼlumot berdi.

Aytilishicha, mazkur tashabbus mahallalarda daraxtlarni toʻgʻri tanlash va oʻstirishdagi muhim qadamdir. "Mahallam — yashilzor" dasturi doirasida toʻrtta muhim qadam amalga oshiriladi. Shulardan birinchisi tuproq-iqlim sharoitida mos koʻchatlarni yetkazib berish.

Ikkinchisi oʻgʻitlar bilan taʼminlash va parvarishlash boʻyicha uslubiy koʻmak koʻrsatish. Uchinchisi, sugʻorish texnologiyasini joriy etish. Va oxirgisi barcha masalalarda umumiy hamkorlik qilish.

Koʻchat ekilishidan toki katta boʻlguncha oʻrmonchilar murabbiyliklik qiladi. Bu 8900 dan oshiq mahallalarda amalga oshiriladi. Mahallalarda "yashil reyting" joriy etiladi. Yashil hududlarning koʻpayishi unda asosiy mezon boʻladi.

Avvalroq Oʻzbekistonda oktabrdan tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylik boshlanishi maʼlum qilingandi. Shu davrda yashil hududlarni belgilash, yerlarni tayyorlash, koʻchat va butalar zaxirasini yaratish ishlari amalga oshiriladi. Har bir mahallada har bir odam uchun uchta daraxt, 30 foiz daraxt soyasi va 300 metr atrofda yashil hudud boʻlishini nazarda tutuvchi xalqaro standart joriy etiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid