platina.uz
Jamiyat

"Bolalarni tarbiya qilsak, kelajak bizniki boʻladi" — Prezident ota-onalarga murojaat qildi

“Men ham otaman, men ham boboman. Hammamiz kim boʻlishimizdan qatʼi nazar, eng katta baxt — bolamizning koʻziga qarab, uning baxtini koʻrish. Butun Oʻzbekiston yoshlarining ota-onalarini bir narsaga daʼvat qilmoqchiman: erinmanglar, tarbiya qilinglar, qattiqqoʻl boʻlinglar”, — dedi davlat rahbari.

"Bolalarni tarbiya qilsak, kelajak bizniki boʻladi" — Prezident ota-onalarga murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda chempionlarning bugungi yutuqlarida ularning ota-onalari mehnati va tarbiyasi katta oʻrin tutganini alohida taʼkidladi.

"Eng katta baxt ota-ona uchun nima? Farzandining kamolini, baxtini koʻrish. Mana, ota-onalar oʻtiribdi. Men ham otaman, men ham boboman. Hammamiz kim boʻlishimizdan qatʼi nazar, eng katta baxt — bolamizning koʻziga qarab, uning baxtini koʻrish", — dedi davlat rahbari.

Prezident shaxmatchilar erishayotgan natijalar ortida yillar davomida farzandiga talabchan boʻlgan, uni qoʻllab-quvvatlab, yoʻlini ochgan ota-onalar turganini qayd etdi.

"Ota-onadan katta sizlarga duogoʻy, sharoit yaratadigan va yoʻllaringizni ochib beradigan inson dunyoda yoʻq. Shuning uchun butun Oʻzbekiston yoshlarining ota-onalariga minnatdorlik bildirib, bir narsaga daʼvat qilmoqchiman: erinmanglar, tarbiya qilinglar, qattiqqoʻl boʻlinglar. Bolalarni tarbiya qilsak, kelajak bizniki boʻladi", — dedi Prezident.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid