platina.uz
Jamiyat

Toshkentda metrologiya boʻyicha xalqaro yozgi maktab ish boshladi

Tadbirning asosiy maqsadi — UTC va UTC(k) vaqt shkalalarini yaratish, solishtirish va uzatish, yuqori aniqlikdagi vaqt va chastota oʻlchashlarini amalga oshirish hamda ularning metrologik kuzatuvchanligini taʼminlash boʻyicha zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

Toshkentda metrologiya boʻyicha xalqaro yozgi maktab ish boshladi

Toshkentda BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL oʻz ishini boshladi.

2026 yil 28 sentabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (OʻzMMI) mezbonligida BIPM–COOMET UTC Summer School xalqaro yozgi maktabi oʻz ishini boshladi.

Mazkur xalqaro tadbir Bureau International des Poids et Mesures (BIPM), COOMET TC 4 “Information and Training”, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida tashkil etilmoqda hamda IEEE UFFC tomonidan homiylik qilingan.

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu xalqaro yozgi maktabda 25 ta xorijiy mamlakatdan jami 31 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ularning 11 nafari rivojlangan mamlakatlarning yetakchi xalqaro ekspertlari sifatida lektorlik faoliyatini olib borayotgan boʻlsa, 20 nafari vaqt va chastota metrologiyasi yoʻnalishida bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida yozgi maktab ishtirokchisi sifatida qatnashmoqda.

Toshkentda metrologiya boʻyicha xalqaro yozgi maktab ish boshladi

Tadbirning asosiy maqsadi — UTC va UTC(k) vaqt shkalalarini yaratish, solishtirish va uzatish, yuqori aniqlikdagi vaqt va chastota oʻlchashlarini amalga oshirish hamda ularning metrologik kuzatuvchanligini taʼminlash boʻyicha zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

Yozgi maktab dasturidan UTC va UTC(k) vaqt shkalalari, atom soatlari, GNSS orqali vaqt va chastotani uzatish, metrologik kuzatuvchanlik, oʻlchash noaniqligini baholash, statistik tahlil va zamonaviy vaqt-chastota texnologiyalari boʻyicha maʼruzalar hamda amaliy mashgʻulotlar oʻrin olgan.

Toshkentda metrologiya boʻyicha xalqaro yozgi maktab ish boshladi

BIPM–COOMET UTC Summer School 28–30 sentabr kunlari davom etib, vaqt va chastota metrologiyasi sohasida xalqaro tajriba almashish, ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda milliy metrologiya institutlari mutaxassislarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid