Toshkent viloyatida 11-sinf oʻquvchisi IELTS imtihonida eng yuqori ballni qoʻlga kiritdi
Olmaliq shahridagi 5-maktab oʻquvchisi Saidaʼzamxon Akromxonov IELTS imtihonida 9.0 ball natijani qoʻlga kiritdi. Bu koʻrsatkich nomzodning ingliz tilini mukammal, yaʼni ona tili darajasida bilishini anglatadi.

11-sinf oʻquvchisi IELTS imtihonida 9.0 ballni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 5-maktab oʻquvchisi Saidaʼzamxon Akromxonov IELTS imtihonida 9.0 ball natijani qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, 9.0 ball IELTS imtihonidagi eng yuqori (maksimal) natija hisoblanadi. Bu koʻrsatkich nomzodning ingliz tilini mukammal, yaʼni ona tili darajasida (Expert User) bilishini anglatadi.
Dunyo miqyosida ham 11-sinf oʻquvchisining global miqyosda IELTS 9.0 olishi juda kamdan-kam uchraydigan va yuqori koʻrsatkichdir.




