platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahrida jamoat transporti narxi oshadi

​Elektron toʻlov tizimi orqali toʻlanganda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda bir martalik toʻlov 2 500 soʻm boʻladi. 

Toshkent shahrida jamoat transporti narxi oshadi

Toshkent shahrida jamoat transpporti narxi oshadi.

​Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining 2026 yil 25 sentabrdagi qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 oktabrdan eʼtiboran poytaxtdagi jamoat transporti (avtobus va metropoliten) yoʻnalishlarida yoʻl kira haqining yangi cheklangan tariflari kuchga kiradi.

Unga koʻra, naqd pul orqali toʻlov qilinganda bir yoʻlovchi qatnovi uchun tarif — 3 000 (uch ming) soʻm (oʻzgarishsiz qoladi).

​Elektron toʻlov tizimi orqali toʻlanganda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda bir martalik toʻlov — 2 500 (ikki ming besh yuz) soʻm (hozirda 1700 soʻm);

-​bagaj tashish xizmati uchun: bir yoʻlovchi bagajini tashish tarifi — 4 000 (toʻrt ming) soʻm qilib belgilandi.

Ushbu qaror 2026 yil 1 oktabrdan kuchga kirishi belgilangan.

Qarorda oʻquvchilar, talabalar, nafaqaxoʻrlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun transport kartalarining tarif rejalarini xarid qilishda 50 foizlik chegirma qoʻllanilishi belgilangan.

Jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun amaldagi imtiyozlar saqlab qolinadi.

Bir soat ichida boshqa transportga oʻtishdagi (peresadka) chegirmalar (A — avtobus, M — metro):

  • ​A-A-A-A — 2500−1500−0−0;
  • ​A-A-A-M — 2500−1500−0−1500;
  • ​A-A-M-A — 2500−1500−1500−0;
  • ​A-M-A-A — 2500−1500−1500−0;
  • ​M-A-A-A — 2500−1500−1500−0.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid