Tibbiy jihozlar boʻyicha 14 mlrd soʻmlik tender savdosi bekor qilindi
Raqobat qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi tenderini oʻrgandi.

Raqobat qoʻmitasi 14 mlrd soʻmlik tender savdosi bekor qilinganini bildirdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazining boshlangʻich narxi 14 mlrd boʻlgan tender savdosida qonunbuzilish holatining oldi olindi.
Raqobat qoʻmitasi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi davlat muassasasi buyurtmachiligida tibbiy jihozlar xarid qilish boʻyicha boshlangʻich narxi 14 mlrd boʻlgan tender savdosida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi. Bunga "Skymed-Technologies" MChJ murojaati sabab boʻlgan.
Olib borilgan oʻrganish natijasida, Xaridlar markazi davlat muassasasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, amalga oshirilgan ishlar natijasida Xaridlar markazi davlat muassasasi tomonidan oʻtkazilgan tender savdosi belgilangan tartibda bekor qilindi, deyiladi xabarda.




