platina.uz
Jamiyat

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik uchun umrbod qamoq jazosi tashabbusi bilan chiqdi

​Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul idoralar bilan birgalikda bir necha oy davomida qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar ustida ish olib bordi. 

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik uchun umrbod qamoq jazosi tashabbusi bilan chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tashabbusi bilan chiqdi.

Aytilishicha, ​Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul idoralar bilan birgalikda bir necha oy davomida qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar ustida ish olib borgan.

Tayorlangan takliflar koʻrib chiqish uchun allaqachon taqdim etildi.

​Shuningdek, ota-onalarning bolalarga gʻamxoʻrlik qilmagani uchun, pedagoglarning esa zoʻravonlik va kamsitish holatlariga yoʻl qoʻygani uchun javobgarligini kuchaytirish, jabrlangan bolalarga tergov va sud jarayonining har bir bosqichida huquqiy yordam va himoya taʼminlanishi taklif etilgan.

Avvalroq jabrlangan qizchaning oilasi boshqa shaharga koʻchirilishi maʼlum qilingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid